Kiyevning Pecherskiy tuman sudida 5-oktabr, dushanba kuni mojaro yuz berdi. Sud jarayonida to‘rt nafar sudlanuvchi o‘zining tomirini kesishga urindi. Bu haqda “Kiyev Segodnya.ua” xabar beradi.
Sud bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan o‘g‘rilik yuzasidan qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rib chiqayotgan edi. Sudya qarorni e’lon qilayotganda, 27, 24, 23 va 17 yoshli sudlanuvchilar noma’lum jismlar bilan o‘zlarining tomirini kesa boshladi. Militsiya xodimlari shifokorlarni chaqirdi.
Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng, sudlanuvchilar tergov izolyatoriga qaytarildi.
Izoh (0)