Iroqda bir qator avtomobillarning portlashi oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Eng kuchli portlash mamlakat sharqidagi Diyala viloyatida sodir bo‘ldi. Terrorchilik harakati natijasida kamida 32 kishi qurbon bo‘ldi, yana 58 nafari yaralandi. Portlash odam gavjum savdo ko‘chasida yuz berdi.
Iroq janubidagi Basra viloyatida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida esa o‘n kishi halok bo‘ldi, 25 nafari yaralandi.
Bag‘dod shahri chekkasidagi portlash natijasida 14 kishi qurbon bo‘ldi, 25 kishi yaralandi.
Izoh (0)