Ural federal universiteti 1-oktabrdan boshlab mashhur “Test-drayv” aksiyasini yana yo‘lga qo‘ydi, deb xabar beradi “12news.uz”.
Ushbu loyiha yuqori sinf o‘quvchilari orasida juda mashhur bo‘lib, oxirgi yillarda universitetning haqiqiy tashrif qog‘oziga aylangan. Loyiha saytida ishtirokchilarni ro‘yxatga olish boshlandi. O‘zbekistonlik o‘quvchilarni tanlash bir necha oy davom etadi. Bolalar ta’lim to‘g‘risida mustaqil ravishda prezentatsiyalar tayyorlaydi.
Qishki ta’til davomida 10—11-sinf o‘quvchilari (O‘zbekiston ta’lim standartlari bo‘yicha kollej va litsey o‘quvchilari) talabalar yotoqxonasida yashash, UrFU yetakchi professorlarining ma’ruzalarini tinglash, talabalar oshxonasida ovqatlanish, o‘quv muassasasining laboratoriya, kutubxona, sport majmuasiga tashrif buyurish, shuningdek, ko‘plab yangi do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)