Ozarbayjon chempionati doirasida o‘tkazilgan “Inter” va “Karabax” futbol jamoalari o‘rtasidagi bahsda futbolchi qasddan penaltini urmadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
O‘yin hisobi 0:1 bo‘lib turganida, hakam darvozabon Lomayning o‘yin qoidasini qo‘pol ravishda buzganligi sabab uni maydondan chetlatdi va mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Bu vaqtda “Inter” murabbiyi uch o‘yinchisini almashtirib ulgurgandi. Natijada darvozaga maydondagi “Inter” o‘yinchilaridan biri turishiga to‘g‘ri keldi.
Voqealar rivojini kuzatib turgan “Karabax” futbolchilari bu adolatsizlikdan norozi bo‘ldi, to‘p oldiga kelgan Elvin Mamedov qasddan penaltini noto‘g‘ri amalga oshirdi.
“Bizga bunday g‘alaba kerak emas”, — degan voqeaga izoh berar ekan “Karabax” murabbiyi Gurban Gurbanov.
“Inter” futbol jamoasi murabbiyi Roman Grigorchuk Gurbanovning bu qarorini ma’qullagan va hamkasbiga nisbatan hurmati cheksizligini aytib o‘tgan.
Izoh (0)