Rossiyaning Saxalin viloyati ma’muriyati kuchli siklon sabab orolda 2-oktabr kuni joriy etilgan favqulodda holat tartibini bekor qildi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Viloyat gubernatori Oleg Kojemyako Saxalin janubidagi orollarni havodan kuzatgan, unga aksariyat aholi punktlarida elektr energiya ta’minoti qayta tiklangani haqida axborot berilgan, shundan so‘ng u favqulodda holatni bekor qilish haqida qaror chiqargan.
Ma’lumot uchun, siklon oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq odam tan jarohati oldi, orolning minglab aholisi elektr ta’minotisiz qoldi, 700 dan ortiq yashash-joyiga zarar yetdi. Daryolarning o‘zanidan chiqib ketgani sabab, viloyatning ikki tumanida uylar suv ostida qolgan.
Izoh (0)