Gvatemala markazidagi Santa-Katarina-Pinula munitsipalitetida yuz bergan sel oqimi qurbonlari soni 79 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida kamida 300 kishi bedarak yo‘qolgan.
Halok bo‘lganlarni izlash va vayronalarni ochish ishlari mahalliy vaqt bilan 6:00 ga qadar to‘xtatilgan. Qayd etishlaricha, tun davomida hodisa yuz bergan hududni 500 nafar politsiya xodimi va harbiy xizmatchi qo‘riqlab chiqadi.
Xabar berishlaricha, bir qator davlatlar Gvatemalaga zarur yordam kuchlari va vositalarini yuborishga tayyor ekanligini bildirdi.
Izoh (0)