Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov Turkiyaning Agri shahridagi “Chellenjer” turnirida g‘alaba qozondi va ushbu turkumdagi beshinchi sovrinini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi “12news.uz”.

Foto: “12news.uz”

Foto: “12news.uz”

Mukofot jamg‘armasi 42,5 ming yevroni tashkil etuvchi turnirning yarim finalida Do‘stov rossiyalik Konstantin Kravchukdan ustun kelgan edi.

1 soatu 21 daqiqa davom etgan final bahsida esa Farrux hindistonlik Saketa Mineni ustidan 6:4, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alaba evaziga Do‘stov 6,150 dollar mukofot puli hamda 90 reyting ochkosiga ega bo‘ldi. Endi Farrux mukofot jamg‘armasi 125 ming dollarni tashkil etuvchi Toshkentdagi “Chellenjer” musobaqasida ishtirok etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi