Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 8-oktabr kuni Jahon chempionati—2018 ikkinchi saralash bosqichi, 5-turi doirasidagi Bahraynga qarshi o‘tadigan o‘yin oldidan yig‘in boshladi, deb xabar beradi “Sports.uz”.
Kecha, 2-oktabr kuni O‘zbekiston termasi mazkur yig‘in doirasidagi ikkinchi mashg‘ulotini o‘tkazdi.
“Jar” stadionida o‘tayotgan mashg‘ulotlarda hali jamoa to‘liq tarkib bilan shug‘ullanayotgani yo‘q. Boisi yig‘inga chaqirilgan legionerlardan ba’zilari o‘z klublari tarkibida o‘yin o‘tkazishi bois hali terma jamoa ixtiyoriga yetib kelmagan.
Darvozabonlar alohida mashg‘ulot olib bordi. Ular o‘z ustilarida qattiq ishlashayotgani ko‘rinib turibdi.
Umuman olganda, mashg‘ulotda hamma yaxshi ishladi. Futbolchilarning kayfiyatlari a’lo darajada. Tarkibga ijrochilar qo‘shilishi davom etmoqda.
Izoh (0)