“Yulduz janglari” kinosagasining ilk bor 1977-yili ekranlarga chiqqan qismi (“4-epizod — Yangi umid”)da namoyish etilgan fazoviy kema modeli kimoshdi savdosida rekord darajadagi narx — 450 ming dollarga sotildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Yangi umid”ning dastlabki sahnalarida ko‘rsatilgan 40 santimetrlik kema modeli “Yulduz janglari”ning kimoshdi savdosida shu vaqtgacha sotilgan eng qimmat artefaktiga aylandi. The Blade nashri xabariga ko‘ra, dastlab mazkur buyum 200—300 ming dollarga baholanayotgan edi.
Profiles in History auksion uyi tomonidan tashkil etilgan kimoshdi savdosida “Yulduz janglari”ga aloqador yana bir buyum — kinosaganing oltinchi epizodi (“Jedayning qaytishi”)da malika Leyaning libosi 96 ming dollarga sotildi.
Izoh (0)