Britaniyalik aktrisa Keyt Uinsletning tan olishicha, u “Kitobxon” filmidagi roli uchun olgan “Oskar” haykalchasini vannaxonada saqlaydi. Aktrisaning The New York Post’ga ma’lum qilishicha, u buni o‘z mehmonlari uchun maxsus uyushtirgan — ular vannaxonaga kirib, haykalchani qo‘lga olib, o‘zini taqdirlash marosimidek his qilishi mumkin.
“Istalgan odam uni qo‘liga olib, ko‘zguga qarashi va: “O‘g‘lim va otamga rahmat!..”, — qabilida bir nima deyishi mumkin. Kimdir shunday qilsa, darrov bilinadi — u vannaxonada uzoq qolib ketib, qizargan yuzlari bilan chiqib keladi. Bu juda qiziq!”, — dedi aktrisa.
Uinslet 2009-yili “Kitobxon” filmidagi ishtiroki uchun “Eng yaxshi ayol roli” yo‘nalishida “Oskar” mukofotiga loyiq topilgandi. Aktrisa yaqin vaqt ichida rejissor Denni Boyl tomonidan suratga olingan “Stiv Jobs” filmida paydo bo‘ladi — film 12-noyabr kuni prokatga chiqadi.
Izoh (0)