Qatar kinoijodkorlari Muhammad (s.a.v.) haqida misli ko‘rilmagan darajada sifatli film ishlab chiqishni rejalashtiryapti, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Kuvayt axborot agentligining xabar berishicha, uch qismdan iborat filmni suratga olish jarayoniga 450 million dollar xarajat qilinadi.
Kinofilm jahon mavqei darajasida sifatli va noyob bo‘lishi hamda Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar haqida bugunga qadar ishlangan filmlardan afzal chiqishi ko‘zda tutilgan.
Iloji boricha ko‘proq auditoriyani jalb qilish maqsadida kino uchun ingliz tili tanlandi.
Kinoijodkorlar durdonaning texnik jihatlari va ssenariysi tayyor ekani va filmda Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar chehralari ko‘rsatilmasligini ta’kidladi.
Oldinroq eronlik va xorijlik kinoijodkorlar hamkorlikda suratga olgan “Payg‘ambar Muhammad hayoti” filmi Eronda katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilayotgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)