Tunis hukumati mamlakatning barcha hududida favqulodda holat rejimini bekor qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Tunisda favqulodda holat rejimi Sus shahrida 26-iyun kuni sodir bo‘lgan terrorchilik harakatidan so‘ng joriy etilgan edi. Dastlab ushbu rejim 30 kun davomida amal qilishi taxmin qilingan edi. Biroq 3-avgust kuni u yana ikki oyga uzaytirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 26-iyun kuni Sus shahrida Tunis tarixidagi eng yirik terakt sodir etilgan edi. 23 yoshli terrorchi mehmonxonalardan biriga kirib olib, avtomat yordamida sayyohlarga o‘q uza boshlagan, natijada 38 kishi halok bo‘lib, 40 kishi jarohat olgan edi.
Izoh (0)