Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Donbassdagi saylovlar tegishli qonun qabul qilinganida boshlab 80 kun ichida Ukraina qonunchiligi bo‘yicha o‘tkazilishi kerak. Bu haqda Fransiya prezidenti Fransua Olland normand to‘rtligining Parijdagi muzokaralari yakunlari bo‘yicha aytib o‘tdi, deb yozadi “Liga. Novosti”.

Foto: AFP

Foto: AFP

“Bizning niyatimiz mahalliy saylovlarni o‘tkazish imkoniyati bilan ta’minlash edi. Ushbu saylovlar Ukraina saylov qonunchiligiga ko‘ra bo‘lib o‘tishi kerak. DXRda 18-oktabrga mo‘ljallangan saylovlar, ma’lum bir kelishuvlarga erishilmagunicha, o‘tkazila olmaydi”, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya kansleri Angela Merkel Ukraina Konstitutsiyasida Donbassning alohida maqomi belgilanishi hamda Lugansk va Donetsk xalq respublikalari vakillari saylovlarni Ukraina tomoni bilan kelishgan holda o‘tkazishi kerakligini aytib o‘tgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi