BMT Suriya hududida harbiy harakatlarning ko‘payganligi sababli mamlakatdagi ijtimoiy operatsiyani vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda “RIA Novosti” tashkilotning arab respublikasidagi maxsus vakili Staffan de Mistura ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Misturaning ta’kidlashicha, ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor guruh ish faoliyatini boshlash uchun tayyor bo‘lganligiga qaramasdan, uni amalga oshirishning iloji bo‘lmagan.
“BMT barcha ishtirokchilarni tinch aholi himoyasi masalasida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni va kelishuvni (o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi) bajarish uchun tezroq bir qarorga kelishga chaqiradi”, — deydi maxsus vakil.
Izoh (0)