2-oktabr, juma kuni kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Singapur Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Singapurda) Zulkifli bin Baharuddin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yurtimizga tashrif buyurgan elchi O‘zbekistonning qator vazirlik va idoralari hamda Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvlar samarali bo‘lganligini qayd etdi. Ushbu uchrashuvlarda hamkorlikning amaliy masalalari muhokama qilingan.
Muloqot chog‘ida ikki tomon ham barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli aloqalarni izchil rivojlantirishga tayyor ekanligi ta’kidlandi.
Izoh (0)