Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Jerar Depardye ishtirokidagi “Normandiya — Neman” filmini suratga olish ishlariga 2 million dollar ajratdi, deya xabar bermoqda “Izvestiya” “Gosfilmofond” bosh direktoriga tayanib.
Loyiha Fransiya, Rossiya va Belarus tarixidagi eng yirik kinomahsulotlardan biriga aylanadi. Ayni paytda prodyuserlar tashkiliy masalalarni hal qilmoqda. Depardyega ikkinchi darajali rol berilgan, u mexanik rolini o‘ynashi kutilmoqda.
“Normandiya — Neman” Fransiya qiruvchi aviatsiya polki bo‘lib, u 1942-yilda Sharl de Goll tashabbusi bilan tuzilgan.
Izoh (0)