“Dutszyuan” (“Kakku”) to‘foni superto‘fon darajasigacha kuchaydi va 28-sentabr, dushanba kuni Tayvan qirg‘oqlariga, seshanba kuni esa Xitoyning qit’a qismiga yetib keladi. Bu haqda Xitoy meteorologiya boshqarmasi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Tropik dovul biroz shimolga og‘gan holda g‘arbga qarab soatiga 15—20 km tezlikda harakatlanmoqda.
Superto‘fon Tayvan sohillariga yetganida siklon epimarkazida shamol tezligi soatiga 180 kilometrga yetishi kutilmoqda.
Izoh (0)