Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat ehtiyojmand davlatlarga ko‘mak berayotganida ularning bo‘yniga siyosiy modellarni majburlab ortmasligini ta’kidladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uning qayd etishicha, mamlakatning global darajada xalqaro taraqqiyotga ko‘maklashish sohasidagi siyosatida asosiy vazifa qashshoqlikni yo‘qotishdan iborat.
“Bunday xatti-harakatlarda samarali vositalardan biri qarz yukini yengillashtirishdir. Katta qarzga ega eng kambag‘al mamlakatlar bo‘yicha tashabbus doirasida Rossiya Afrika mamlakatlarining 20 milliard dollardan ortiq hajmdagi qarzidan voz kechdi”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.
Izoh (0)