“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskining familiyadoshi deyarli uning rekordini takrorladi, deb xabar beradi “Arena.uz”.
Germaniya havaskorlar ligasining “Glatten” jamoasida to‘p suruvchi 18 yoshli Anya Levandovskaya “Masbax II”ga qarshi uchrashuvda pokerga erishdi. Futbolchining raqib darvozasiga 4 ta to‘p yo‘llashi uchun 22 daqiqa kifoya qilgan.
E’tiborlisi, “Bavariya” klubiga muxlislik qiluvchi Levandovskaya Robertning “Volfsburg” bilan o‘yinda qayd etgan penta-trigidan 22 soat o‘tib o‘z pokerini rasmiylashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya”ning polshalik hujumchisi 9 daqiqa ichida 5 ta gol urgandi.
Izoh (0)