Turkiya janubida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Hurriyet gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarda keltirilishicha, voqea Nigde viloyatida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida halok bo‘lganlarning barchasi Turkiya fuqarolaridir.
Izoh (0)