KXDR Tashqi ishlar vazirligi vakili Yaponiyada o‘z-o‘zini mudofaa etish kuchlari vakolatini kengaytirish haqidagi tasdiqlangan qonun “Osiyo va butun dunyodagi tinchlik va barqarorlikka jiddiy xavf tug‘dirishi”ni ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Diplomatning fikricha, Tokioga sayyoraning istalgan hududidagi harbiy harakatlarda ishtirok etish, jumladan Amerika kuchlariga yordam ko‘rsatish imkoniyatini beruvchi ushbu hujjat “Yaponiyaning boshqa mamlakatlarga bostirib kirishiga yo‘l ochadi”.
“Hozirgi vaziyat KXDRning mudofaa manfaatlari uchun harbiy imkoniyatlarni mustahkamlash haqida qabul qilgan qarori to‘g‘ri ekanligini isbotlaydi”, — deb hisoblaydi respublika tashqi siyosiy boshqarmasi.
Izoh (0)