Toshkentning Chorsu bozori yaqinida ikki avtokran ag‘darilib ketdi. 19-sentabr, shanba kuni tongda yuz bergan hodisa suratlari Facebook ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjerida tarqalib ketgan.
Foydalanuvchilarning xabarlariga ilova qilingan suratlarda krani bor “Kamaz” rusumidagi yuk mashinasi ag‘darilib, vertikal holatda, Xitoyda ishlab chiqarilgan yirik avtokran esa yonlama holatda turib qolganini, har ikki maxsus texnika bir-biri bilan to‘qnashib turganini ko‘rish mumkin.
Hodisa sabablari haqida, jabrlanganlar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q. Hodisa yuz bergan yo‘l qismida harakat to‘xtatilgan, boshqa avtokranlar yordamida vaziyatni o‘nglashga kirishilgan.
Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilari Chorsuning mazkur hodisa ro‘y bergan hududida tirbandliklar yuzaga kelayotgani haqida ogohlantirgan.
Izoh (0)