Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijroiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi bilan IV moddaga muvofiq olib borilgan konsultatsiyalar yakunlangani haqida ma’lumot tarqatdi, deya xabar bermoqda “Review.uz”.
Unda ta’kidlanishicha, mamlakat iqtisodiyoti yevrohudud va Rossiyadagi iqtisodiy faollikning sustligi hamda energiya manbalarining past narxlari tufayli yuzaga kelgan murakkab tashqi iqtisodiy vaziyatda barqarorlikni saqlab turibdi.
Real yalpi ichki mahsulot 2014-yilda yuqori sur’atlarda 8,1 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2015-yilning birinchi choragida 7,5 foizga ortdi.
Inflyatsiya 2015-yil apreli oxirigacha taxminan 9 foizgacha kamaydi.
Biroq qiyin tashqi muhit va, ayniqsa, dunyoda neft va gaz narxining pasayishi, shuningdek, asosiy savdo sherigi bo‘lgan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi tashqi iqtisodiy sektorga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Gaz va mashinasozlik mahsulotlari eksporti salbiy ta’sir ostida qoldi.
Izoh (0)