Falastin hududidan raketa orqali o‘qqa tutilgandan so‘ng Isroil Harbiy-havo kuchlari G‘azo sektorining shimoliy hududiga uchta aviahujum uyushtirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Avvalroq falastinlik jangarilarning G‘azo sektoridan raketa uchirishi oqibatida Isroil janubidagi to‘xtash joyida qoldirilgan avtobusga zarar yetganligi ma’lum qilingan edi. Raketadan 24 ming aholiga ega bo‘lgan Sderot shahri nishonga olingan, biroq hech kim jabrlanmagan.
Yana bir raketa Ashkelon shahri tomonga uchirilgan, biroq u havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi tomonidan tutib qolingan.
Izoh (0)