Tojikistonning Ramit darasida mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda tarafdorlaridan bo‘lgan ikki nafar qurollangan jangari yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidagi manbasiga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, o‘ldirilganlardan biri Mulla Umar laqabli armiya sobiq polkovnigi Umar Yunusov bo‘lgan. Shu tariqa, operatsiya boshidan buyon 27 nafar isyonchi o‘ldirilgan, 125 nafari qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda yo‘q qilingan edi.
Izoh (0)