Ishlab chiquvchi, ishlab chiqaruvchi va mijozlar Ukrainaning noyob “Malish” yangi avlod avtomatini ishlab chiqarishni tashkil etish haqidagi bitimni imzoladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Ushbu avtomat AKM va AK-74 avtomatlarining zamonaviylashtirilgan versiyasi sifatida o‘ylab chiqilgan. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, bir qator konstruktiv o‘zgartirishlar va o‘tkazilgan sinovlardan so‘ng, yangi qurol aniqlik ko‘rsatkichi, ishonchliligi va qulayligi bo‘yicha o‘zining prototiplaridan o‘zib ketdi. Uning Kalashnikov avtomatidan ustun jihatlaridan biri bir qo‘l bilan boshqarish imkoniyatining mavjudligidir.
Noyob qurolga Ukraina Mudofaa vazirligi va Milliy Gvardiya qiziqish bildirmoqda.
Izoh (0)