AQShning Yuta shtati janubida sodir bo‘lgan suv toshqini qurbonlari soni 18 kishiga yetdi. Ikki kishi — bir sayyoh hamda olti yashar bolaning taqdiri noma’lum, deya xabar bermoqda “Newsru.com”.
Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, “Zayon” milliy bog‘ida olti nafar sayyoh cho‘kib ketgan, yana bir kishi qidirilmoqda. Qidiruv operatsiyasiga 60 dan ziyod kishi jalb qilingan.
“Zayon”dan 30 km shimolda joylashgan Xildeyl shahrida suv toshqinidan 12 kishi — ayollar va bolalar halok bo‘lgan, ulardan eng kichigi to‘rt yoshda bo‘lgan. Uch nafar bola qutqarib olingan, yana biri qidirilmoqda.
Izoh (0)