Chili rasmiylari mamlakatda 8,4 magnitudali zilzila ro‘y berganidan so‘ng e’lon qilingan mamlakat sohillari yaqinida sunami hosil bo‘lish xavfi haqidagi ogohlantirishni bekor qildi. Bu haqda Chili favqulodda vaziyatlar milliy boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Gidrografiya va okeanografiya xizmati xodimlari bilan o‘tkazilgan kengash va olingan tahlil natijalaridan kelib chiqib, Tarapaka, Antofagasta, Los-Rios, Los-Lagos, Aysen va Magalyanes mintaqalarida sunami havfi haqidagi ogohlantiruv bekor qilindi, — deya ta’kidladi boshqarma direktori Rikardo Toro. — Bu qarordan kelib chiqib, xavfli hududlarni tark etgan minglab chililiklar uylariga qaytishi mumkin”.
Eslatib o‘tamiz, 16-sentabr, chorshanba kuni Chilida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, bir milliondan ziyod kishi evakuatsiya qilindi.
Birinchi zilziladan so‘ng 15 dan ortiq kuchsizroq yerosti silkinishlari qayd etilgan.
Izoh (0)