Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hisob bo‘yicha to‘rtinchi marta evarali bo‘ldi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar bermoqda.
Prezidentning katta nevarasi, Ostona shahar hokimining o‘rinbosari, 30 yoshli Nurali Aliyev oilasida to‘rtinchi farzand — o‘g‘il tug‘ildi. Nurali Aliyev hozirda Qozog‘iston adliya vaziri bo‘lib ishlayotgan Berik Imashevning qizi Aidaga uylangan, bu oila endi ikki o‘g‘il va ikki qizli bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Nursulton Nazarboyevning uch qizi, sakkiz nevarasi (uch o‘g‘il va besh qiz) bo‘lib, 17-sentabr, payshanba kuni to‘rtinchi evarasi dunyoga keldi.
Izoh (0)