Chilidagi zilzilalar natijasida besh kishi qurbon bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RBK”. Buni Chili tashqi ishlar vaziri tasdiqladi, biroq bu dastlabki ma’lumot ekanligini ta’kidladi.
Chili markaziy sohillaridagi 8,3 magnitudali zilzila kuchli sunamini keltirib chiqardi. Bir milliondan ziyod kishi evakuatsiya qilindi.
Prezident Mishel Bachelet 17-sentabr kuni tabiiy ofat tufayli vayron bo‘lgan hududlarga tashrif buyurishini ma’lum qildi.
Izoh (0)