16-sentabr, chorshanba kuni Qobul shahri chekkasidagi Pagmanda qizlar maktabi va tuman ma’muriyati binosi yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, qurbonlar bor. Jabrlanganlarning aniq soni ma’lum qilinmadi.
Afg‘onistonda qizlar uchun mo‘ljallangan maktablar tez-tez islom ekstremistlari nishoniga aylanmoqda.
Izoh (0)