Hozirgi paytda KXDRda Facebook ijtimoiy tarmog‘i va YouTube videoxostingi blok qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Pxenyanda chet elliklarga aloqa xizmatini ko‘rsatuvchi mahalliy “Yulduz” kompaniyasi yuqoridagi xabarni chet el diplomatik vakolatxonalari va xalqaro ijtimoiy tashkilotlar, jumladan, BMTga ham yubordi.
Unda ta’kidlanishicha, kompaniya xodimlari “KXDR hukumat organlarini tanqid qiluvchi hamda tahdidli va bo‘htonli xabarlarga” ega internet resurslaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratmaydi.
Mamlakatda, shuningdek, blok qilinishi zarur bo‘lgan bir qator internet saytlarining “qora ro‘yxati” tuzilgan. Bu choralar vaqtinchalik yoki doimiy ekanligi hozircha noma’lum.
Izoh (0)