Issiqko‘ldagi sayyohlik mavsumi davomida 30 dan ortiq odam cho‘kib ketgan. Bu haqda Issiqko‘l viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “Knews.kg” xabar beradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, sayyohlik mavsumida 34 kishi ko‘lda cho‘kib ketgan, ulardan ikki nafari Qozog‘iston fuqarosidir.
Bundan tashqari, chet ellik fuqarolarga qarshi to‘qqizta jinoyat sodir etilgan, ular asosan o‘zganing mulkini o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoyatlardir.
Shuningdek, sayyohlik mavsumi davomida viloyat hududida 146 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, natijada 26 kishi halok bo‘lgan, 289 nafari yaralangan.
Izoh (0)