Xitoy qishloq xo‘jaligi universitetining ma’lum qilishicha, ikki klonlashtirilgan sigirlardan biri, 2012-yilda tug‘ilgan Nyu-Nyu o‘zining birinchi avlodini dunyoga keltirdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar beradi.
Tug‘ilganiga ikki hafta bo‘lgan buzoq sog‘lom. Pekinda genetik modifikatsiya qilingan sigirdan birinchi buzoqning dunyoga kelishi mamlakatning mol go‘shti ishlab chiqarishdagi muhim qadami bo‘ldi.
Gap shundaki, hozircha Xitoyda mol go‘shtini yetkazib beruvchi qoramollarning tanqisligi kuzatiladi.
Izoh (0)