AQShning Missisipi shtatidagi Delta universitetida qurollangan jinoyatchi o‘quv muassasasining kampusida uyushtirgan otishma natijasida professor halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
O‘quv muassasasi vakillari otishma oqibatida bir kishining halok bo‘lganligini Twitter’dagi rasmiy sahifasida tasdiqladi.
Jinoyatchining hozirgi paytda ozodlikda ekanligi ma’lum qilindi. Huquqni muhofaza qilish organlari universitet binosiga yetib keldi.
Delta universitetida to‘rt mingdan ortiq talaba tahsil oladi.
Izoh (0)