Ikki nafar politsiyachiga o‘q uzganlikda gumon qilinayotgan haydovchi qo‘lga olish chog‘ida Yaroslavl markazida o‘zini portlatib yubordi, deb xabar beradi Interfax.
“Gumonlanuvchi, 31 yoshli Yaroslavl fuqarosi qo‘lga olish jarayonida faol qarshilik ko‘rsatib, o‘t ochdi. Shundan so‘ng yonida bo‘lgan granata yordamida o‘zini portlatib yubordi”, — deyiladi RF Yaroslavl viloyati tergov qo‘mitasi xabarida.
Ma’lum bo‘lishicha, politsiyachilar o‘g‘rilikning oldini olish maqsadida haydovchini to‘xtatganda, u kutilmaganda ularga qarata o‘t ochgan. Natijada 1990-yilda tug‘ilgan katta leytenant hodisa joyida halok bo‘lgan, 1977-yilda tug‘ilgan mayor jarohat olganligi tufayli kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)