12-sentabr, shanba kuni Qatarning Doha shahrida 2016-yil bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Osiyo chempionati (U-23) final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Bu haqda “The-uff.com” xabar bermoqda.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “S” guruhidan joy oldi. Ushbu guruhda Viktor Jalilov boshchiligidagi terma jamoaga Janubiy Koreya, Iroq hamda Yaman terma jamoalari raqiblik qiladi.
Quyida barcha guruhlar qanday ko‘rinish olgani bilan tanishishingiz mumkin:
A guruhi: Qatar, Suriya, Eron, Xitoy
B guruhi: Saudiya Arabistoni, Yaponiya, KXDR, Tailand
C guruhi: Iroq, Janubiy Koreya, O‘zbekiston, Yaman
D guruhi: Iordaniya, Avstraliya, BAA, Vetnam
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati kelgusi yilning 12 — 30-yanvar kunlari Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)