Hindistonning Haydarobod shahrida yashovchi Bxanu Prakash o‘zining selfiga tushish qobiliyatini oshirish maqsadida ishdan bo‘shadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
U amerikalik futbolchi Patrik Petersonning soatiga 1449 ta selfidan iborat jahon rekordini yangilashga qaror qildi.
24 yoshli Bxanu 18-sentabrga qadar soatiga 1800 ta selfi ko‘rsatkichiga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Aynan ushbu kunda u jahon rekordini yangilashga rasman urinib ko‘radi. Bugungi kunda u soatiga 1700 ta selfi olishga muvaffaq bo‘ldi.
Bxanu Prakash shahar shifoxonasida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlar edi.
Izoh (0)