AQShda 39 mingga yaqin xitoylik fuqaro XXR tomonidan zaruriy hujjatlar taqdim etilmaganligi uchun vataniga deportatsiya bo‘lishni kutmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, Xitoy AQShning fuqarolikni tasdiqlash haqidagi so‘rovlariga oid ma’lumotlarni juda sekin taqdim etmoqda. Ba’zi xitoylik muhojirlar deportatsiyani o‘n yildan ortiq vaqt davomida kutmoqda. Bunday kishilarning soni ortib bormoqda.
Amerika hukumati ma’lumotlariga qaraganda, xitoylik fuqarolarning ko‘pchiligi migratsiya qonunchiligini buzganligi uchun hibsga olingan.
Izoh (0)