Sputnik multimedia axborot agentligi “Sputnik O‘zbekiston” axborot portalini ishga tushirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yangi portal o‘zbek va rus tillarida faoliyat olib boradi. Loyiha sputniknews-uz.com, oz.sputniknews-uz.com, ru.sputniknews-uz.com manzillarida joylashgan bo‘lib, dolzarb xalqaro mavzulardagi xilma-xil fikrlarni yoritishga ixtisoslashgan.
Portalning o‘zbek tilidagi talqini Sputnik’ning abxaz, arab, arman, gruzin, doriy, ingliz, ispan, kurd, qozoq, qrim-tatar, qirg‘iz, latish, moldovan, ozarbayjon, nemis, polyak, portugal, pushtu, serb, turk, tojik, ukrain, fin, fransuz, xitoy, hind, eston va yapon tillaridagi versiyalari qatorini to‘ldiradi.
“Sputnik o‘z mushtariylariga turfa kontent — infografika, video, fotoreportajlar, onlayn efirlar, internet-so‘rovnomalarni, yangiliklardan tashqari tahliliy maqolalar, eksklyuziv intervyular va ekspertlarning mulohazalarini taklif qiladi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Izoh (0)