Toshkentda 10-sentabrdan 3-oktabrga qadar yapon qo‘g‘irchoqlari va gravyuralari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Yapon qo‘g‘irchoqlari ko‘rgazmasi 14 ta guruhga bo‘lingan 70 ta eksponatni namoyish etadi. U qo‘g‘irchoqlar zamonaviy san’ati dunyosi, uning an’analari va ularning yapon xalqi zamonaviy dunyosiga kirib borganligi bilan tanishtiradi. Qadim zamonlardan qo‘g‘irchoqlar Yaponiya kundalik hayotining bir bo‘lagi bo‘lib kelgan.
“Edoning 100 ta mashhur manzarasi” gravyuralar ko‘rgazmasi XIX asrning mashhur yapon rassomi Utagava Xirosigening asarlari to‘plamidan iborat. Edo shahri mavzusi (Tokioning qadimgi nomi) rassomning eng sevimli mavzularidan biri bo‘lgan.
Ko‘rgazma O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)