Mashhur Instagram xizmati unda chop etiladigan fotosurat va videolar hajmini ilk bor o‘zgartirdi, deb xabar beradi “Mobinfo.uz”.
Endi Instagram’da faqat kvadrat shaklidagi emas, to‘rtburchak fotosuratlarni ham joylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Kompaniyaning ichki tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, foydalanuvchilar suratlarni kvadrat sohasiga sig‘dira olmagan holatlarda ularni Instagram’da joylashtirishdan voz kechadi. Bunday holat guruh bo‘lib tushilgan fotosuratlar yoki baland obyektlar suratini joylashda yuzaga kelishi mumkin.
Bundan buyon Instagram tomonlari asl holiga mutanosib bo‘lgan surat va videolarni yuklash imkonini beradi.