Apple kompaniyasi yangi iPhone modelini 9-sentabr kuni taqdim etadi, deya xabar bermoqda “Knews.kg” Bloomberg’ga tayanib.
Kompaniya San-Fransiskodagi taqdimotda qatnashish uchun taklifnomalar tarqatdi, taxmin etilishicha, unda yangi iPhone modeli va kompaniyaning boshqa yangi qurilmalari namoyish etiladi.
Apple kompaniyasining iPhone 6S va iPhone 6S Plus smartfonlari 18-sentabrda sotuvga chiqadi. Forbes yozishicha, savdolar dastlab AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiyani qamrab oladi.
Izoh (0)