Toshkentda qozog‘istonlik ishlab chiqaruvchilarning savdo missiyasi o‘tkaziladi, u Qozog‘istonning KazNEX Invest eksport va investitsiyalar bo‘yicha agentligi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etiladi, deya xabar bermoqda “Review.uz”.
Mashinasozlik, kimyo, qurilish, farmatsevtika, oziq-ovqat, metallurgiya sohasidagi 20 ta korxona O‘zbekistonning ulgurji savdo va distribyutorlik kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazib, tovar yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Shu bilan birga, Qozog‘iston mahsulotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va Qozog‘iston kompaniyalarining O‘zbekiston davlat xaridlaridagi ishtiroki yuzasidan davlat organlarida uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Izoh (0)