Gondurasda 16 yoshli Neysi Perez uni dafn etishganidan bir kun o‘tgach, o‘ziga keldi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Uch oylik homilasi bo‘lgan Neysi Perez La Entrada shahridagi uyi yaqinida o‘q ovozini eshitib, hushidan ketdi. Uning ota-onasi mahalliy ruhoniyni chaqirdi. Eksorsizm marosimidan so‘ng, qizda tiriklik alomatlari yo‘qoldi. Uni kasalxonaga olib borishganda, shifokorlar o‘lim holatini qayd etdi.
Perez bir necha oy avval turmushga chiqqanligi uchun to‘y ko‘ylagida dafn etildi. Ertasi kuni qabristonga kelgan uning turmush o‘rtog‘i Rudi Gonzales, qabrdan kelayotgan ovozlarni eshitdi. Erkak qarindoshlarni yordamga chaqirdi.
Ular tobutni ochishganda, Perezning tirik ekanligi ma’lum bo‘ldi. U kasalxonaga yetkazildi, biroq uni qutqarib qolishning iloji bo‘lmadi. Shifokorlarning taxminicha, qiz dastlab hushini yo‘qotganda, qo‘rquv natijasida uning yuragi vaqtinchalik to‘xtab qolgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)