Qozog‘istonning Chimkent shahrida 2009-yilning aprelida 18 yoshli litsey o‘quvchisini otib o‘ldirgan 24 yoshli yigitga nisbatan 10,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar beradi.
2009-yilning aprelida Kalin Baxtiyoruli Chimkent o‘quv muassasalaridan birining o‘quvchilari tomonidan do‘pposlanib, tunab ketilgan. Ertasi kuni u o‘zining o‘rtoqlarini to‘plab, o‘zini ranjitgan yigitlar to‘planadigan joyga miltiq bilan borgan. Ularga qarata miltiqdan o‘q otishi natijasida 18 yoshli Shakura Ishan halok bo‘lgan.
Olti yil davomida Kalin xalqaro qidiruvda bo‘lgan. 2015-yilning 2-aprel kuni uning o‘zi jinoyatini bo‘yniga olib, qaytib kelgan. Sud unga 10 yilu 6 oylik qamoq jazosini tayinladi.
Qayd etish joizki, o‘tgan olti yil davomida qotil o‘zi o‘ldirib qo‘ygan yigitning ota-onasiga katta moliyaviy yordam yuborib turgan. Halok bo‘lgan yigitning otasi uni rasman kechirganligiga qaramasdan, sud uning og‘ir jinoyat sodir etganligini hisobga olib, jazoga mahkum etdi.
Izoh (0)