Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh harbiy-havo kuchlarining ikkita C-17 harbiy-transport samolyotlari Finlandiya havo kengliklarini buzdi. Bu haqda, “Korrespondent.net” xabariga ko‘ra, Finlandiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

Ma’lum bo‘lishicha, samolyotlar Aland orollaridan janubroqda havo chegaralarini buzib o‘tgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh samolyotlari sharqdan uchib kelgan va Finlandiya havo kengliklarida taxminan 15 daqiqa bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari boshlangan. AQSh tomoni hozircha mazkur ayblovga nisbatan hech qanday munosabat bildirgani yo‘q.

Avvalroq, iyun oyida Finlandiya o‘z havo kengliklari Rossiya harbiy-havo kuchlari tomonidan buzilgani haqida ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Facebook asoschisi Mark Sukerberg uchinchi marta ota bo‘ldi (foto)
Sport
La Liga prezidenti: “Barselona” Messini ortga qaytara olmaydi 
Shou-biznes
Bir yil davomida suratga olingan, professional aktyorlar ansambli jamlangan “Ofitser 55” filmi taqdimotidan reportaj (foto, video)