AQShning Stenford universiteti tibbiyot maktabi mikrobiologlari HLA genlarining kodlovchi oqsillari mutatsiyasining inson organizmiga ta’sirini aniqladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Bunday xulosaga koysan xalqi vakillarining immun tizimini shakllantiruvchi genlar o‘rganilgach kelingan. Qayd etilishicha, aynan HLA oqsillari organizmga o‘zining va begona hujayralarni tanish imkonini beradi.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, HLA bilan bog‘liq genlarning mutatsiyasi homiladorlikning dastlabki bosqichlarida platsentlar shakllanishiga ta’sir o‘tkazgan. Natijada sog‘lomroq va jismonan rivojlangan bolalar tug‘ilgan. Bir paytning o‘zida onada kech toksikoz yuzaga kelishi xavfi kamaygan.
Izoh (0)