2015-yilning 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Riaz Husayn Buxoriy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Pokiston kun tartibining joriy masalalari muhokama qilindi hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)