Afrikada olimlar ozuqa va suvsiz bir necha yil yashay oladigan shoxlitish nomli baliqni uchratdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Noqulay sharoitda baliq o‘z organizmidagi barcha jarayonlarni sekinlatib, uyquga ketadi. Shoxlitish u yeta oladigan joyda chuchuk suv paydo bo‘lguniga qadar uxlaydi. Uyqu davri uch yildan besh yilgacha davom etishi mumkin.
Hozirgi paytda olimlar uyqu davrida baliq hujayralarida yuz beruvchi holatlarni o‘rganmoqda. Ta’kidlash joizki, shoxlitish ikki xil nafas oluvchi baliq turi bo‘lib, u ko‘proq qachonlardir suvdan chiqqan to‘rt oyoqli hayvonlarga yaqin hisoblanadi.
Izoh (0)